Biz issiqxona qurishni boshlashdan oldin 4-5 chet davlat firmalari bilan bu proyekt bo’yicha o’zaro suhbatlashdik. So’ngra har bir firmadan takliflar oldik. E’tiborlisi issiqxona qurish bo’yicha olingan takliflarning Yevropa firmalaridan tashqari eng qimmati aynan Maysera ga tegishli edi. Bu taklifni yanada aniqlashtirib o’rganish maqsadida Turkiya da Maysera qurgan issiqxonlar va ishlab chiqarish jaroyinini ko’zdan kechirdik. Va biz tanlagan firma aynan biz uchun mosligiga yana bir bor amin bo’ldik. Bizda bu zamonaviy issiqxonadan oldin eski usul bo’yicha ishlovchi issiqxonalar majud edi. Mayseraning oldindan puxta ishlangan proyekt bo’yicha ishlashi va qurilish 1-bosqichdan to oxiriga qadar reja bo’yicha bajarilishini bildik. Hozirgi kunda issiqxonamiz aynan Maysera bergan raqamlar bo’yicha ishlamoqda, biz bundan juda hursandmiz. Biz bilan bir vaqtda boshqa firmalar bilan ish boshlagan issiqxonalar va’da berilgan natijalarga erisha olmayotganini va qiynalayotganini ko’rib, o’sha vaqtda qabul qilgan qarorimiz naqadar to’griligini anglab yetdik.
